OpenAI kod yozish va kompyuterda ishlash uchun GPT-6.1 Sol modelini chiqardi — bu model flagman GPT-6 Astraʼga deyarli teng sifat koʻrsatadi, lekin bitta vazifa uchun ancha arzonga tushadi.

Narxi qancha

APIʼdagi standart narx: 1 million kirish tokeni uchun $2, chiqish uchun $10, keshdagi kirish — bor-yoʻgʻi $0,10. DeepSWE v1.1 dasturlash sinovida model 75,2% natija koʻrsatdi — oldingi versiyadagi 68,8%ga nisbatan — va shu vazifa uchun taxminan 76% arzonroq chiqdi.

Bu biznes uchun nimani anglatadi

Kod bilan kundalik ishlash uchun endi eng qimmat modelga pul toʻlash shart emas — oʻrtacha model sifatda deyarli ortda qolmaydi. Qoida oddiy: kamdan-kam uchraydigan murakkab qarorlarni — eng kuchli modelga, tez-tez takrorlanadigan ishni — arzonroq modelga topshiramiz. Bir oyda bu farq sezilarli pulga aylanadi.

Biz ham Milalarning ishini xuddi shunday taqsimlaymiz: kuchli model oʻylaydi, kundalik ishni arzonroq model bajaradi.

Manba